НАЦИОНАЛЬНАЯ БИБЛИОТЕКА УЗБЕКИСТАНА
ИМЕНИ АЛИШЕРА НАВОИ
 



Контакты
Тел.: (998+71) 239 47 09,
239 11 38,
239 48 75,
Факс: (998+71) 233 09 08.
Узбекистан, 100047,
Ташкент, ул. Истиклал, 51.
E-mail: navoi@natlib.uz

Xorijiy adabiyotlar va xorijiy aloqalar bo‘limi

Kutubxona bo'limlari

Bo‘lim haqida umumiy ma'lumot:

Xorijiy adabiyotlar va xorijiy aloqalar bo‘limi 1955 yilda tashkil etilgan. Xorijiy tillardagi adabiyotlar fondi kutubxona ochilgan kundan boshlab shakllana boshladi va bugungi kelib, dunyoning 70 tilidan ortiq bo'lgan 121 mingdan ziyod nashrlaridan iborat. Xorijiy adabiyotlar fondining to‘lib borishida xalqaro kitob almashuv juda katta rol o‘ynaydi. Milliy kutubxona 1956 yildan boshlab chet el mamlakatlari bilan hamkorlik qilib keladi. Kutubxona hamkorlarining ko‘pchiligini jahonning 13 ta horijiy mamlakatlari Milliy kutubxonalari va 24 ta tashkilotidir. Bo‘lim tomonidan “O‘zbekiston chet ellar matbuoti sahifalarida”, “Toshkent chet ellar matbuoti sahifalarida”, “Al Xorazmiy - buyuk matematik”, “Ibn Sino xorij matbuotida” kabi bibliografik ko‘rsatkichlar nashr etilgan. Bo‘lim qoshida ikkita qiroatxona faoliyat ko'rsatadi, biri xorijiy adabiyotlari markazidir. Unda ingliz, nemis va boshqa tillardagi eng qimmatli va ommaviy nashrlardan ochiq foydalanish mumkin. Shuningdek, CD, DVD, videokassetalar va barcha zaruriy jihozlar bor.  
 

 

 Xizmatlar:

   An'anaviy kutubxona xizmatlari - tekin. MK fondlaridan adabiyotlarni izlab topish, saralash, nusxa ko‘chirish (CD/DVDlar bilan birga) va chet el elektron ilmiy-ta'limiy resurslaridan foydalanish - shartnoma asosida va preyskurant bo‘yicha - pullik. 
 

 Resurslar:

    Bo‘limda chet el adabiyotlarining an'anaviy (alifboli, tizimli) kabi elektron kataloglari ham mavjud. 2002 yildan bo‘limda chet el adabiyotlari fondining elektron kataloglarini yaratish yo‘lga qo‘yildi. Elektron kataloglarga 9 mingga yaqin kitob, etakchi xorij mamlakatlarida himoya qilingan dissertatsiyalarning 2 mingga yaqin avtoreferatlari kiritildi. Bo‘limda EBSCO Publishing, JSTOR, ALUKA, ProQuest, Blackwell Publishing, Oxford Reference, Emerald va boshqa ilmiy-ta'limiy resurslarining ma'lumotlar bazalarigan foydalanish imkoniyatiga ega. 
 

 Ish vaqti:

 Dushanba-juma: 900 - 1800 Shanba: 900 - 1700
 

 Yetakchi xodimlar:

Rahmatullayev Marat Alimovich, bo‘lim mudiri. Tel.: (+99871) 2394269, faks: (+99871) 2339391. 

email: marat56@mail.ru 

Japarova Aliya Serikovna, shu'ba mudirasi. Tel.: (+99871) 2339391, faks: (+99871) 2339391.

email: Aliya44@yandex.ru 

Rakhmatullaeva Gulchekhra Alisherovna, bosh mutaxassis. Mob.: 99898 3110105, faks: (+99871) 2339391.

e-mail: gulchekhra.rakhm@gmail.com

Manzil:

Xorazm ko‘chasi, 51. 2-qavat, 29 xona

                              3-qavat, 69 xona 

Kutubxona bo'limlari

Профессионалам


Важные дни этого месяца

Февраль
Нет данных
Праздники Узбекистана


КАЛЕНДАРЬ 
ЗНАМЕНАТЕЛЬНЫХ И ПАМЯТНЫХ ДАТ 
НЕЗАВИСИМОЙ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН 
НА 2012 ГОД.

 

ХРОНИКА СОБЫТИЙ
В 2012 ГОДУ ИСПОЛНЯЕТСЯ


 

Norma.uz

©1999-2012 Национальная библиотека Узбекистана
Форма обратной связи
Топ рейтинг www.uz
Developed by