Bosh sahifa > Yangi kelib tushgan nashrlar > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar:

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar:

1 iyun kuni “Istiqbol” o‘qish zalida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlanganBolalikning mo‘jizalarideb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi

6 iyun kuni 10:00da  Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolalar uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiyalar;

8 iyun kuni 11:00da katta majlislar zalida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan” davra suhbati;

13 iyun kuni soat 15:00da katta majlislar zalida Ashurali Jo‘raevning "Odil Yoqubov xazinasidan" deb nomlangan kitobi taqdimoti;

15 iyun kuni soat 10:00da O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor Hamid Ziyoev (1923) tavalludining 95 yilligi munosabati bilan “Tarix-o‘tmish va kelajak” deb nomlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi;

18 iyun kuni soat 15:00da kichik majlislar zalida O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi vakili tomonidan “Window on America” deb nomlangan taqdimot;

19 iyun kuni soat 15:00da “Ilm” o‘qish zalida  O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, onkolog-radiolog olim, tibbiyot fanlari doktori, professor  Narimon Murodxo‘jaev (1928) tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “Shifokor maslagi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;

20 iyun kuni soat 10:00da kichik majlislar zalida Ustoz, shoir, Miraziz A’zam bilan “Tuyg‘ular o‘lmaydi” deb nomlangan ijodiy uchrashuv; 

27 iyun kuni soat 10:00da katta majlislar zalida “O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasi va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha muammo va yechimlar” mavzusida konferensiya

Tadbirlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM