Очистить

Ashurali Jo‘raevning “Odil Yoqubov xazinasidan” deb nomlangan kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
13.06.2018

2018 yil 13 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ashurali Jo‘raevning O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov xotirasiga bag‘ishlangan “Odil Yoqubov xazinasidan” deb nomlangan kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda adiblar, Odil Yoqubov ijodi ixlosmandlari, jurnalistlar, talabalar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

E’LON!
13.06.2018

Joriy yilning 15 iyun  kuni - Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida dam olish kuni e’lon qilinadi.

14 iyun bayram oldi kuni ish vaqti 1 soatga qisqartiriladi va foydalanuvchilarga soat 19:00 ga qadar xizmat ko‘rsatiladi.

16-17 iyun kunlari Milliy kutubxona soat 17:00gacha xizmat ko‘rsatadi.

Ma’muriyat

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Tarix-o‘tmish va kelajak” deb nomlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi
13.06.2018

2018 yil 13 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ilm” o‘qish zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor Hamid Ziyoev tavalludining 95 yilligi munosabati bilan “Tarix-o‘tmish va kelajak” deb nomlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi ochildi.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati
08.06.2018

2018 yil 8 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari ko‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan davra suxbatida tegishli davlat xokimiyati va  boshqaruvi organlari mutasaddilari hamda manfaatdor shaxslar ishtirok etdilar.

Mongoliya Fanlar akademiyasi prezidenti D.Regdel boshchiligida Mongoliya delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi
06.06.2018

2018 yil 6 iyun kuni Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Mongoliya Fanlar akademiyasi prezidenti D.Regdel  boshchiligida Mongoliya delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlarga Milliy kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi uyushtirilib, unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining faoliyati, imkoniyatlari va rivojlanish istikbollari haqida so‘zlab berildi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM