Bosh sahifa > YANGILIKLAR > Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan “Bolalar kitoblari haftaligi” doirasida viktorina o‘tkazildi

Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan “Bolalar kitoblari haftaligi” doirasida viktorina o‘tkazildi
04.04.2019

2019 yil 4 aprel kuni Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan “Bolalar kitoblari haftaligi” turkum tadbirlar  doirasida “Nima, Qaerda?, Qachon?” nomli viktorina tashkil etildi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘qish zalida O‘qish zallari xizmatining yetakchi mutaxassisi  N.Rasulova, N.Akramova va M.Bobomuxamedovalar olib borgan viktorinada  Shayxontoxur tumani 59-maktab, Yashnabod tumani 244-maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Viktorinadan avval kutubxona mutaxassislari bolalarga kitobning paydo bo‘lishi va ularni saqlash haqida ma’lumot berdi. Shuningdek  bolalarga kutubxona bo‘ylab virtual ekskursiya o‘tkazib berdilar.

M.Bobomuxamedova va N.Akramova o‘quvchilarga mantiq, geografiya, matematikaga doir qiziqarli savollar berib, ushbu fanlar haqida qanday bilimga ega ekanligini sinadi. Bolalar viktorinada faol ishtirok etib, berilgan savollarga  batafsil javoblar qaytardilar, shuningdek g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM