Bosh sahifa > YANGILIKLAR > “Central Asia – 2019. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XIII Xalqaro konferensiyasi doirasida 1-sho‘ba yig‘ilishi

“Central Asia – 2019. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XIII Xalqaro konferensiyasi doirasida 1-sho‘ba yig‘ilishi
25.04.2019

2019 yil 25 aprel kuni konferensiya doirasida sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ularda mamlakatimizdagi axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar va AKT mutaxassislari, olimlar va  tadqiqotchilar, hamda ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar.

“Jamiyatning innovatsion taraqqiyotida axborot-kutubxona infratuzilmasining roli” mavzusiga bag‘ishlangan 1-sho‘ba yig‘ilishini Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Sh.Aslonov olib bordi.

Unda Nazarboev universiteti kutubxonasida Kutubxonalararo abonement va hujjatlarni yetkazib berish xizmatining hozirgi holati, Qozog‘iston Milliy elektron kutubxonasida saqlanayotgan Qozog‘iston madaniy va ilmiy merosining elektron resurslari, kutubxonalarni Rossiya davriy nashrlarining elektron shakllari bilan komplektlash, Turkmanistonda kutubxona va kutubxonachilik ishi mustaqillik yillardagi faoliyati, Toshkentdagi Gyote instituti yangi kutubxonasining ko‘pfunksional imkoniyatlari,  Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi faoliyatida innovatsion g‘oya va texnologiyalarning joriy etilishi, respublikamizda uzluksiz – kutubxonachilik – bibliografik ta’limning dolzarb masalalari, badiiy adabiyot orqali yoshlar tarbiyasiga ta’sir o‘tkazish vositalari, yangi davr kutubxonalari, respublikamiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh ustuvor yo‘nalishlar va besh tashabbusda yoshlar orasida mutolaa madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan e’tibor, Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi tajribasi misolida o‘lkashunoslik faoliyatining zamonaviy sharoitlari, O‘zbekistonda innovatsion jamiyat shakllantirish jarayonida virtual yarmarkalarni tadbiq etish va ma’lumotlarning axborot bazasini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bosh mutaxassisi Muxtarama Muratovaning Axborot-ta’lim makonining shakllanishida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tajribasiga bag‘ishlangan ma’ruzasida kitobxonlarga axborot-kutubxona resurslarini tanlashda ko‘mak berish maqsadida bu yerda tashkil etilayotgan tadbirlar, aksiyalar, loyihalar kabi yangicha yondoshuvlar haqida ma’lumot berildi.

Sho‘ba yig‘ilishi so‘ngida eng yaxshi ma’ruzalar aniqlanib, ma’ruzachilar diplomlar bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM