Bosh sahifa > YANGILIKLAR > “Central Asia – 2019. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XIII Xalqaro konferensiyasi doirasida 3-sho‘ba yig‘ilishi

“Central Asia – 2019. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XIII Xalqaro konferensiyasi doirasida 3-sho‘ba yig‘ilishi
25.04.2019

2019 yil 25 aprel kuni konferensiya doirasida sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ularda mamlakatimizdagi axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar va AKT mutaxassislari, olimlar va  tadqiqotchilar, hamda ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy Yodgorlik majmuasi kutubxonasi direktori D.Shukurova olib borgan 3-sho‘ba yig‘ilishi zamonaviy axborot jamiyatida mutolaa madaniyatini rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy Yodgorlik majmuasi kutubxonasi faoliyati, AQSh jamiyatida kutubxonalarning inson hayotida tutgan o‘rni,  ularda ko‘ngilli xodimlar tajribasi, yosh avlodda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishda, millatlararo totuvlikni mustahkamlashda ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni haqida ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek ishtirokchilar kutubxonalarda reklama materiallari texnologiyasini ishlab chiqish, mutolaa orqali bolalarga dunyoni va o‘zini anglatish, bo‘lajak jurnalistlarga media va zamonaviy texnologiyalar yordamida ta’lim berish, akademik bilim va oliy ta’lim integratsiyasini  ta’minlashda nodir qo‘lyozmalarning o‘rni, so‘rovnoma asosida aniqlangan inson hayotida kitob mutolaasi va kitobxonlikning o‘rni, bolalar kitobxonligiga oid muammolarini bartaraf etish yo‘llari va umuman yoshlar tarbiyasida axborot-kutubxonalarning roli va ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Andijon viloyati Izboskan tumani  7-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi X.Sulaymonov va Xalq ta’lim bo‘limi xodim E.Muxtorovlarning ta’limda elektron kutubxona va elektron darslikning foydalanuvchilar uchun afzallik jihati mavzusi va Respublika Markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori R.Ubaydullaevning ko‘rish bo‘yicha nogironligi mavjud shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish masalalari, muammo va yechimlariga bag‘ishlangan ma’ruzalari qizg‘in muhomalar va tortishuvlarga sabab bo‘ldi.

Sho‘ba yig‘ilishi so‘ngida eng yaxshi ma’ruzalar aniqlanib, ma’ruzachilar diplomlar bilan taqdirlandilar.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM