Bosh sahifa > YANGILIKLAR > DIQQAT! MEDIA MARKAZDA OVOZ YoZISh JARAYoNI KETMOQDA!

DIQQAT! MEDIA MARKAZDA OVOZ YoZISh JARAYoNI KETMOQDA!
23.08.2019

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Media markazida video va ovoz yozish jarayoniketmoqda. Zamon talablaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Media markazi media ta’lim muhitini texnologik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan materiallarni taqdim etadi. Shuni e’tiborga olish kerakki, zamonaviy o‘quvchilar raqamli makonda ikki tomonlama o‘zaro ta’sir doirasida yashaydigan "raqamli avlod" ni anglatadi. Bugungi kunda ushbu raqamli makon "yangi media" muhim rol o‘ynaydigan media maydoniga aylanmoqda.

O‘zbekiston Milliy kututbxonasida tashkil etilgan Media markazining ovoz yozish studiyasi — zamonaviy texnik vositalar va dasturiy ta’minotlar bilan ovoz yozib olish va tahrirlash imkoniga ega.

Ayni kunlarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Media markazida o‘zbek shoir va yozuvchilarining asarlarini video va audio yozib olish jarayoni avjida. Hozirga qadar Media markazning ovoz yozish studiyasiga Azim Suyun, Shukur Qurbon, To‘ra Mirzo singari shoirlar o‘z she’rlari bilan tashrif buyurdilar. Bugungi mehmonimiz- shoir Abdunabi Boyqo‘ziev.

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM