Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2016” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligi yakuniga yetdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2016” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligi yakuniga yetdi
03.11.2017

2017 yil 3 noyabr kuni axborot madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish hamda respublika milliy madaniy merosini asrash, yoshlarda mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish, aholining turli qatlamlariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda kutubxonalarning ijtimoiy-madaniy rolini oshirish va mashhur yozuvchilar, shoirlar, artistlar, xonandalar va hunarmandlar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan “INFOLIB-2017” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini tamomladi.

Haftalikning tantanali yopilish marosimi Respublika estrada sirk kolleji o‘quvchilarining musiqiy chiqishalri bilan boshlandi.

Haftalikni yopiq deb e’lon qilar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Abduazizov “INFOLIB-2017” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligini tashkil etish va o‘tkazishda faol ishtirok etgan barcha hamkorlarga, homiy tashkilotlarga, ishtirokchilarga, mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi.

Haftalik doirasida kitob taqdimotlari, kitoblar va amaliy san’at namunalari ko‘rgazmalari, seminarlar, davra suhbatlari, ekskursiyalar, mahorat darslari, tanlovlar, aksiyalar, mashhur yozuvchi, shoir, rassom, artistlar bilan ijojdiy uchrashuvlar, interfaol o‘yinlar va viktorinalar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM