Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Aliaskar Fatxullinning «Yavdat Ilyasov. Marsdan kelgan odam» hujjatli filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Aliaskar Fatxullinning «Yavdat Ilyasov. Marsdan kelgan odam» hujjatli filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
09.11.2017

2017 yil 9 noyabr kuni  Aliaskar  Fatxullinning  «Yavdat Ilyasov. Marsdan kelgan  odam» hujjatli filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

«Tropa gneva», «Sogdiana», «Pyatnistaya smert», «Zaklinatel zmey», «Mest Anaxitы» kabi asarlar ijodkori, tarixchi-yozuvchi Yavdat Ilyasovning hayoti haqida hikoya qiladi. Loyiha Sh.Mardjani jamg‘armasi xayrihohligi ostida amalga oshirildi.

 

Yavdat Ilyasovningning jumboqlar, g‘aroyib voqealarga boy hayoti uni unikal shaxs sifatida shakllantirdi. 50-70 yillarda xatto o‘rta maktabni tamomlamagan odam hozirgi kunda O‘zbekistonda va chet ellarda qayta-qayta nashr etilayotgan kitoblarni yaratganiga aql bovar qilmaydi.

U nafaqat tarixiy shoxasralar, she’riy asarlar, ssenariylar yozib, rus tiliga tarjimalar qilgan, balki o‘zi haqida fantastik asarlar ham yaratgan. Ulardan biri – uning Marsdan kelganligi haqidagi hikoyadir. Buni u o‘z o‘g‘liga tungi ertak sifatida so‘zlab berar edi.

 

Film rejissyorning Yavdat Ilyasovni yaqindan tanigan insonlar bilan suhbati asosida qurilgan. Yozuvchi haqidagi xotiralari bilan uning o‘g‘li Djangar Ilyasov, qizlari Klara Larina va Ilona Ilyasova, kelini Saida Ilyasova, nabiralari Roman Larin va Maryam Ilyasova, shoir Raim Farxodiy, yozuvchi Suxrob Muhamedov, kinoaktyor Rustam Sagdullaev, san’atshunos Tigran Mkrtichev, yozuvchi Boris Golenderlar o‘rtoqlashdilar.

Jurnalist Boris Babaev film haqidagi o‘z tassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. “Men bu filmni bir nafasda tomosha qildim. Unda asarlarini bir necha avlod mutolaa qilgan yozuvchi haqida qimmatli ma’lumot taqdim etilgan. Filmni suratga olishda Aliaskar Fatxullin yillar davomida to‘plagan kasbiy mahorati namoyish etdi.

 

Filmda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy kino-foto- fonoarxividanolingan hujjatlardan parchalardan foydalanilgan. Klod Debyussi, Nikolo Paganini, Rudolfo Falvo, Deriz-el-Attash, Rumil Vildanov, Maykl Tiora musiqalari yangraydi.

 

Loyiha g‘oyasi rejissyor va ssenarist Ali Hamroevniki. Ssenariy muallifi va rejissyori Aliaskar Fatxullin. Bosh prodyuser Rustam Suleymanov. Operatorlar: Edem Aliev, Ruben Fatxullin, Riaz Isxakov. Ovoz rejissyorlari: Vladimir Baramikov, Ilnur Sarbaev. Montajchi: Aliaskar Fatxullin. Ijrochi prodyuserlar: Gulzoda Nechaeva, Artyom Kosar, Natalya Nazarova.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM