Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Surayyo» nomli film namoyishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Surayyo» nomli film namoyishi bo‘lib o‘tdi
21.11.2017

2017 yil 21 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi katta majlislar zalida «Salom kino»  rukni ostida rejisser Uchqun Nazarovning 60-yillardagi  “Surayyo” nomli film namoyishi bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda san’atshunoslar, “O‘zbekkino” Milliy agentligi vakillari, kinotanqidchilar, kinoshunoslar, Toshkent estrada sirk kolleji o‘quvchilari, Kamoliddin Behzod nomli milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent arxitektura va qurilish instituti talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti bosh muharriri, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Sh.Qurbon O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarni O‘zbekistonda fan, san’at va madaniyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan vakillari bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar va aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish va kitobxonlarni yangi nashrlar bilan tanishtirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘zladi.

Namoyish chog‘ida loyiha muallifi san’atshunoslik fanlari nomzodi, taniqli kinoshunos N.Karimova filmni sharhlab bordi. U film namoyishining e’tiborli jihati, butun dunyoda kino san’ati rivojlanib kelayotgan bir paytda bizning yurtimizda ham kino sohasi rivojlanganidan dalolat berishini, tomoshabinlarni bizning tarixiy va madaniy qadriyatlarimiz, o‘tmish, odamlar obrazlari, me’morchilik namunalari, uy ro‘zg‘or buyumlari bilan tanishtirishini ta’kidladi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM