Bosh sahifa > YANGILIKLAR > “Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatov” nomli biobibliografik ko‘rsatkich tayyorlandi

“Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatov” nomli biobibliografik ko‘rsatkich tayyorlandi
12.07.2018

Qirg‘iz xalqining atoqli adibi Chingiz Aytmatov asarlari o‘zbek kitobxonlari qalbidan munosib joy olgan. Adibning deyarli barcha asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Uning serqirra ijodi ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmati mutaxassislari tomonidan Qirg‘iziston xalq yozuvchisi  Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlab biobibliografik ko‘rsatkich tayyorlandi.

 

Ushbu ko‘rsatkich Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodi yoritilgan materiallardan iborat.Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmati tomonidan tuzilgan mazkur biobibliografik ko‘rsatkich o‘zbek, rus va boshqa tillardagi adabiyotlardan tashkil topgan.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM