Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va LG-CNS tomonidan «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi bo‘yicha o‘quv seminarlari

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va LG-CNS tomonidan «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi bo‘yicha o‘quv seminarlari
24.10.2018

2018 yil 22 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va LG-CNS tomonidan «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi bo‘yicha o‘quv seminarlari boshlandi. Ularda loyixada ishtrok etuvchi 20ta axborot-kutubxona muassasalari hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan mutaxassislar ishtirok etmoqdalar. 

Seminarlar parallel ravishda uch yo‘nalishda: UzNEEL dasturiy taminoti, skanerlash va raqamlashtirish qurilmalari va axborot-kommunikatsion texnologiyalari bo‘yicha tashkil etilgan.

 

Respublika axborot-kutubxona markazida UzNEEL dasturiy taminoti bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan seminarda mutaxassislarga Elektron kutubxona loyihasi uchun ishlab chiqilgan “UzNEEL” dasturining ishlash prinsiplari, avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari, tizimning barcha modullari haqida ishtirokchilarga nazariy va amaliy ma’lumotlar berilmoqda. 

 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Germaniyaning “Microbox” kompaniyasining malakali mutaxassislari tomonidan «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi bo‘yicha zamonaviy va so‘ngi rusumdagi raqamlashtirish texnologiyalari bilan jixozlangan skaner qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

 

Axborot-kommunikatsion texnologiyalari bo‘yicha tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlarda Sharifa.com firmasining muhandislari tomonidan NEEL tizimi bo‘yicha, tizimdagi server, operatsion tizimlar turlari, ma’lumotlar bazasi haqida ma’lumotlar berilmoqda. Bundan tashqari klasterlar, ma’lumotlar bazasidan nusxa olish va uni qayta tiklash bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar berilmoqda.

 

O‘quv seminarlari joriy yilning 26 oktyabriga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM