Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
26.10.2018

2018 yil 26 oktyabr O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Ijod» щыish zalida O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent Tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti o‘qituvchilari va kursantlari va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari  qatnashdilar.

 

Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan, Toshkent Tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Asadov, uchrashuv ishtirokchilarini O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov ijodiy faoliyati bilan tanishtirdi. “Elyor Nosirov 1974 Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgach Hamza nomidagi o‘zbek drama teatrida ishlagan, 1987 yildan buyon esa Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning sahnadagi ilk roli – Shillerning “Qaroqchilar” spektaklida Shufterle obrazidir. Shuningdek u “Oltin devor” spektaklida Nodir, “Shoshma quyosh”da Ilhom, “Ibn Sino”da Rahmatilla, “Iskandar”da Iskandar, “Otello”da Otello kabi mashhur rollarni yaratgan. Elyor Nosirov “Qirolning dilxushi”, “Vafodor”, “Bahs”, “Bir fojia izidan”, “U Romeo emas”, “So‘nggi o‘q”, “Xolisxon”, “Ko‘ngil ko‘chalari”, “Qirq tog‘oraning qirq nog‘orasi” va boshka televizion postanovkalari va videofilmlarda ham unutilmas obrazlar yaratgan. O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov teatr va kino bilan bir qatorda dublyaj san’atida ham rang-barang obrazlar yaratib, el hurmatiga cazovor bo‘lgan san’atkordir. O‘zbek teatr, kino va dublyaj san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Elyor Nosirovga 2003 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni berildi”.

 

Tadbirda Elyor Nosirov mazkur uchrashuv muxtasham O‘zbekiston Milliy kutubxonasi binosida bo‘lib o‘tayotganidan judayam mamnunligini izhor etdi hamda uning kutubxonalarga va mutolaaga bo‘lgan cheksiz muhabbati uni teatr sahnasiga yetaklaganini aytdi. Shuningdek, san’atkor uchrashuv ishtirokchilariga o‘zining san’atga kirib kelishiga sabab bo‘lgan omillar, ustozlari, hamkasblari va shogidlari, teatr va kinoda o‘ynagan rollari, dublyajdagi faoliyati, aktyorlik kasbining o‘ziga xosliklari: qiyinchiliklari va afzalliklari haqida so‘zladi. Suhbat davomida u ishtirokchilarga spektakllarda gavdalantirgan obrazlarining monologlaridan parchalar o‘qib berdi.

 

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirovga dublyaj jarayoni, teatrdagi yaratishni orzu qilgan obrazlari kabi o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar  va ijodiy uchrashuvdan olgan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM