Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro ona tili kuni

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro ona tili kuni
19.02.2019

2019 yil 19 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Jahon” o‘qish zalida Xalqaro ona tili kuni (YuNESKO) munosabati bilan “Millatning eng birlamchi belgisi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada ona tiliga cheksiz e’tibor va chet tillarni o‘rganishni targ‘ib etishga bag‘ishlangan kitoblar o‘rin olgan. Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanuvchi, chet tillarni o‘rganishni boshlovchilar va mukammal darajada egallashni xohlovchilar uchun ingliz, nemis, fransuz, xitoy, koreys, ispan, arab, chex, turk, italyan, portugal va shved tillarida o‘quv qo‘llanmalar, risolalar, lug‘atlar, disklar, audio- va videokassetalar namoyish etilmoqda.

Xalqaro ona tili kuni YuNESKO tashabbusi 2000 yildan  buyon turli  tillar va xalqlar madaniyatini muhofaza qilish maqsadida  nishonlanadi. Bu sana 1952 yilning 21 fevral kuni bo‘lib o‘tgan voqea - Bangladeshning Dakka shaxrida o‘z ona tili - bengal tilini davlat tili darajasiga ko‘tarish va uni himoya qilish maqsadida shahar ko‘chalariga chiqqan talabalarning politsiya hodimlari tomonidan o‘qqa tutilishi bilan bog‘liq.

Xalqaro ona tili kuni ona tilining jamiyatning har bir jabhasida va barcha munosabatlarda turg‘un rivojlanishi va turli xalqlar madaniy meroslarini  sharaflash imkoniyatini beradi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM