Очистить

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Davlat tili – faxrimiz, g‘ururimiz” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi
21.10.2018

2018 yil 21 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Tafakkur” zalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi qonun  qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Davlat tili – faxrimiz, g‘ururimiz” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblar o‘zbek tiliga Davlat maqomi berilishi bilan bog‘liq tarixiy voqealar, boy va maftunkor o‘zbek tilining imkoniyatlari haqida hikoya qiladi.  Ko‘rgazmada  “Zominning til qomusi”, “Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi”, “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”, “Ona tili-Davlat tili”, “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonunga sharhlar”, “Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalari”, “O‘zbek tilining amaliy stilistikasi”, “Istiqlol va ona tilimiz”, “Til – daryo”, “O‘zbek tili va adabiyoti”, “O‘zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi”, “Harflar tilga kirganda”, “O‘zbek tilida so‘z o‘zlashtirish va imlo muammolari”, “Til”, “Qayroqi so‘zlar”, “So‘z va mas’uliyat”, “Til va el” kabi kitoblar taqdim etilgan.

“lnfolib Uzbekistan” VII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Moddiy-madaniy meros obyektlarining o‘zaro integratsiyasi” mavzusida davra suhbati
20.10.2018

2018 yil 18 oktyabr kuni “lnfolib Uzbekistan” VII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Moddiy-madaniy meros obyektlarining o‘zaro integratsiyasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“lnfolib Uzbekistan” VII Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida XVIII asrlar davri nodir o‘lkashunoslik xaritalari ko‘rgazmasi
19.10.2018

2018 yil 15 – 19 oktabr kunlari “lnfolib Uzbekistan”  VII Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida, ilk bor, “Dengiz va osmon - cheksizlikning ikki ramzi” mavzusida XVIII asrlarda yaratilgan    nodir va noyob  geografik dengiz xaritalarining ekspozitsiyasi namoyish etildi.

“lnfolib Uzbekistan” VII Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida “Kitob ziyosidan yaralgan ilm” mavzusida davra suhbati
19.10.2018

2018 yil 19 oktyabr kuni “lnfolib Uzbekistan” VII Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida “Kitob ziyosidan yaralgan ilm” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlarining fondlari bilan ishlovchi mutaxassislar hamda muzey, arxiv xodimlari, ilmiy –tadqiqot institutlarining  yetakchi ilmiy xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar va magistrantlar ishtirok etdilar.

“Infolib Uzbekistan” VII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida «EBSCO AWARDS UZBEKISTAN» elektron ilmiy-ta’lim resurslarning faol foydalanuvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
19.10.2018

2018 yil 19 oktyabr kuni “Infolib Uzbekistan”  VII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida «EBSCO AWARDS UZBEKISTAN» elektron ilmiy-ta’lim resurslarning faol foydalanuvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM