Очистить

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rus yozuvchisi A.S.Pushkin tavalludining 220 yilligiga bag‘ishlab Humoyun Akbarov tomonidan tarjima qilingan “Tumor” kitobi taqdimoti
10.07.2019

2019 yil 10 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rus yozuvchisi A.S.Pushkin tavalludining 220 yilligiga bag‘ishlab Humoyun Akbarov tomonidan tarjima qilingan “Tumor” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda taniqli tarjimonlar, adabiyot targ‘ibotchilari, jurnalistlar va Pushkin she’riyati ixlosmandlari ishtirok etdilar. “Tumor” kitobi Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgan bo‘lib, A.S.Pushkin tavalludining 220 yilligiga tuhfa etildi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Milliy umumta’lim elektron-kutubxona markaziga Xizmat rahbari, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis, 1-toifali mutaxassis lavozimlariga mutaxassislar qabul qilish tanlovini e’lon qiladi.
09.07.2019

t/r Xizmatlar nomi E’lon qilinayotgan ish o‘rinlari soni
1 Skanerlash va raqamlashtirish xizmati 40
2 Raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash xizmati 15
3 Multimedia studiyasi 8
4 Texnik va texnologik qo‘llab-quvvatlash xizmati 4

 

“INFOLIB” axborot-kutubxona xabarnomasining navbatdagi soni qo‘lingizda
08.07.2019

Qadrli mushtariylar, jurnalimizning mazkur sonida ham kutubxonachilik sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, aholi orasida mutolaa madaniyatini targ‘ib qilish borasidagi bir qator ahamiyatga molik maqolalarni hukmingizga havola etmoqdamiz. Ularni o‘qish orqali kutubxonachilik sohasida bir-biridan qiziqarli yurtimiz va xalqaro miqyosda olib borilayotgan ishlar va yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Xususan, joriy yilning 24–26 aprel kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahrida an’anaviy “Central Asia – 2019: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII xalqaro konferensiyasi yuksak saviyada o‘tkazildi. Unda xorijdagi nufuzli kutubxonalarda faoliyat yuritayotgan soha vakillari hamda mahalliy axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari qatnashdilar. Jurnalimiz sahifalarida mazkur konferensiya tafsilotlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullaev tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik sharh va adabiyotlar ko‘rgazmasi
05.07.2019

2019 yil 5 iyul  kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston” o‘qish zalida shoir va tarjimon Normurod Narzullaev tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik sharh bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xodimlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. Bibliografik sharhni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti muharriri Davron Mansurov olib bordi.

Ruminiya-O‘zbekiston: hamkorlik sari qadam
04.07.2019

2019 yil 4 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida  Ruminiyaning Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik muddati tugaganligi bois o‘tgan davr faoliyatining sarhisobiga bag‘ishlangan tadbir hamda haykaltarosh Konstantin Brankuzi asarlari fotosuratlari va Ruminiya milliy madaniyati namunalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM