Очистить

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Bulgakovni eslab» deb nomlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi  
18.05.2016

2016 yil 17 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining «Tafakkur» zalida rus yozuvchisi, dramaturg  Mixail Afanasevich Bulgakov tavalludining 125 yilligi munosabati bilan «Bulgakovni eslab» deb nomlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada adibning turli yillarda chop etilgan asarlari, uning zamondoshlari memuarlari asosida yozilgan xotira kitoblari o‘rin olgan.

Rus adibi, dramaturg, teatr rejissyori, aktyor, qissalar, hikoyalar, feletonlar, pesalar, inssinirovkalar, kinossenariylar, opera librettolari muallifi Mixail Afanasevich Bulgakov 1891 yil 15 may kuni tug‘ilgan. 1909 yilda gimnaziyani tamomlagach, u Kiev meditsina universitetining tibbiyot fakultetiga o‘qishga kiradi. Talabalik davridayoq M.Bulgakov tibbiyot sohasiga doir nasriy asarlar yoza boshlaydi.U bir necha oy shifokor bo‘lib ishladi. Shifokor bo‘la turib ham u yozishni davom ettirdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tilshunos olim, professor Alibek Rustamov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
16.05.2016

2016 yil 16 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida manbashunos, tilshunos olim, O‘zFA akademigi, filologiya fanlari doktori, professor Alibek Rustamov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda adabiyotshunoslar, tilshunos olimlar, adiblar, OTM talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Butunjahon oila kuni munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi
13.05.2016

2016 yil 14 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” zalida BMT Bosh Assambleyasining Xalqaro oila kuni to‘g‘risida qabul qigan rezolyusiyasiga ko‘ra, 1993 yildan buyon nishonlanib kelayotgan “Butunjahon oila kuni” munosabati bilan “Vatan oiladan boshlanadi”  nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

Ko‘rgazmada mamlakat taraqqiyoti va xalqning obod turmushi garovi bo‘lmish, jamiyatning bo‘lagi, insoniy va madaniy qadriyatlar va an’analarning davomiyligini  ta’minlovchi dargoh – oilaning huquqiy me’yorlarini belgilovchi, oila huquqini himoya qiluvchi va uning dahlsizligini ta’minlovchi me’yoriy hujjatlar o‘rin olgan.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Sulaymon Yudakov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik obzor bo‘lib o‘tdi.
13.05.2016

2016 yil 13 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” zalida bastakor,  O‘zbekiston xalq artisti Sulaymon (Solomon) Aleksandrovich Yudakov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik obzor bo‘lib o‘tdi.

Bibliografik obzor S.Qobulovaning S.Yudakov kuyiga bastalangan “Dugonalar, bormisiz, omonmisiz” qo‘shig‘ini tinglashdan boshlandi. Qushiqni tinglar ekan, kutubxona foydalanuvchilari S.Yudakov yaratgan yengil, beg‘ubor va sokin muhitga cho‘mish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston xalq artisti, xonanda Muhiddin Qori-Yoqubov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi  
13.05.2016

2016 yil 13 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti, xonanda Muhiddin Qori-Yoqubov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda san’atshunoslar, xoreograflar, xonandalar, M.Qori Yoqubovning yaqinlari, jurnalistlar, talabalar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Xotira kechasida Toshkent davlat Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi  sa’natshunoslik kafedrasi dotsenti L.Radjapova, taniqli radiojurnalist R.Muxtorova, O‘zbekiston halq artisti M.Ergasheva, O‘zbekiston halq artisti V.Oqilova va M.Qori Yoqubovning zamondoshi, o‘sha davrlarning guvohi H.Muhiddinovalar o‘z ustozi, teatr arbobi, bariton-xonanda, o‘zbek madaniyatining homiysi sifatidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar. M.Qori Yokubovning qizi Venera Qori Yokubova va nabirasi Yelena Qori Yoqubova uning otalik xislatlari, insoniy fazilatlari, oilaviy qadriyatlar va o‘z xonadonlarida tez-tez bo‘lib turgan, aksari, o‘zbek madaniyati taqdirini hal qilgan ijodiy uchrashuvlar haqida xotirladilar.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM