Очистить

E’LON!
07.05.2019

2019 yil 9 may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmaydi. Ushbu kun bayram - dam olish kuni hisoblanadi. O‘zR Mehnat Kodeksining 121–moddasiga asosan 8 may bayram arafasidagi ish kuni bir soatga qisqartiriladi va foydalanuvchilarga soat 19:00 ga qadar xizmat ko‘rsatiladi.

Ma’muriyat

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida talabalarning an’anaviy mediakonferensiyasi bo‘lib o‘tdi
06.05.2019

2019 yil 6 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida talabalarning an’anaviy media-konferensiyasi o‘tkazildi. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan an’anaviy tarzda tashkil etiluvchi media-konferensiya bu yil yangi formatda jurnalistika va OAV sohasidagi ekspertlar ishtirokida,  yangi  media startup loyihalari taqdimoti shaklida bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Radost Slova” Xalqaro kitob ko‘rgazmasi-forumi o‘tkazildi
03.05.2019

2019 yil 3 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Radost Slova” Xalqaro kitob ko‘rgazmasi – forumi o‘tkazildi. Tadbirda Rus Pravoslav Cherkovi ruhoniylari, taklif etilgan mehmonlar va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi pokistonlik sharqshunos olim Orif Naushaxiyning kitobi bilan boyidi
02.05.2019

“Central Asia–2019. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiyasi ishtirokchisi pokistonlik sharqshunos olim Orif Naushaxiy o‘zining musulmon olamining ulug‘ mutasavvif donishmandlaridan biri  Xoja Ahror Valiy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kitobini hadya etdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Komil Yormatov-qalbimizda, yuragimizda” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma
02.05.2019

2019 yil 2 may kuni “Ijod” o‘qish zalida o‘zbek kinorejissyori, O‘zbekiston xalq artisti Komil Yormatov tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Komil Yormatov-qalbimizda, yuragimizda” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Unda taniqli rejissyorning hayoti va faoliyatini yorituvchi kitoblar va fotosuratlar o‘rin olgan.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM