Очистить

Chingiz Aytmatov. “Erta qaytgan turnalar”
10.07.2018

Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Erta qaytgan turnalar” qissasida urush davrida ovulning kattalarini o‘rnini bosgan bolalarning jasorati va matonati tasvirlangan. Muallif shudgorda ishlayotgan bolalarni erta qaytgan turnalarga qiyoslaydi. Bolalar turnalarning kelishini ko‘rib quvonadilar. Bu hikoyaning avji nuqtasi. Ular turnalarning erta qaytishi – xosilning mo‘l bo‘lishidan belgi ekanligiga umid qiladilar. Asarning nomini majoziy ma’noda ham tushunish mumkin: bolalar erta ulg‘ayib, kuch to‘plab, qanot chiqarib, o‘z yurtlaridan uchib ketadilar, lekin ular o‘z vatanlarini hech qachon unutmaydi va erta bahorda qaytadigan turnalar kabi o‘z vatanlariga qaytib kelaveradilar. Qissa yosh avlodni qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikka va haqiqiy inson bo‘lib shakllanishga chaqiradi.

Chingiz Aytmatov asarlari
09.07.2018

Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatov bilan taniqli qozoq shoiri Muxtor Shoxonovning samimiy suhbatlari natijasi o‘laroq dunyoga kelgan “Cho‘qqida qolgan ovchining ohi-zori” asari ma’naviyatga bag‘ishlangan. Chingiz Aytmatov nasrida ruhiyat tahlili an’anaviy folklor, mifologiya, obrazlilik bilan uyg‘unlashib ketadi. Unda masal, ramziylikka moyillik sezilarli darajadadir.  Uning 1998 yilda kitob holatida chop qilingani Aytmatov ijodi ixlosmandlari uchun katta tortiq bo‘ldi. Kitobning ikkinchi nomi “Asr adog‘ida aytilgan istig‘for” bo‘lib, mazkur asar insoniyatga cheksiz ishonch va mehr-muhabbat mahsulidir. 7 bobdan iborat mazkur asarning har bir bobi alohida tadqiqotga arziydi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida mashhur ozarbayjon shoirlari Salim Bobullo o‘g‘li va Ajdar O‘l bilan ijodiy uchrashuv
07.07.2018

2018 yil 7 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida zamonaviy ozarbayjon adabiyotining mashhur shoirlari Salim Bobullo o‘g‘li va Ajdar O‘l bilan «Ijodkor yoshlar klubi» doirasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘zbek adiblari, tarjimonlar, O‘zbekistondagi Ozarbayjon milliy madaniy markazi vakillari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida psixolog Zebiniso Ahmedovaning kitoblari taqdimoti
06.07.2018

2018 yil 6 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida psixolog Zebiniso Ahmedovaning “Psixolog maslahatlari” turkumidan joy olgan kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ruhshunoslar, psixologiya sohasining yetakchi mutaxassislari, o‘qituvchilar, tarbiyachilar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM