Очистить

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Nodir durdonalar muallifi” deb nomlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi
21.07.2019

2019 yil 21 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Jahon” o‘qish zalida amerikalik yozuvchi Ernest Xemiguey tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Nodir durdonalar muallifi” deb nomlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘zgazmada muallifning turli tillarda chop etilgan sara asarlari o‘rin olgan.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Shaxmatning sirli olami” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi
19.07.2019

2019 yil 19 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” o‘qish zalida FIDE – Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan 1966 yilda ta’sis etilgan Xalqaro shaxmat kuniga bag‘ishlangan “Shaxmatning sirli olami” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad -  kutubxona foydalanuvchilarining shaxmatga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirib, ularni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida mavjud shaxmatga doir adabiyotlar bilan tanishtirish.

«Moviy jomadon» aksiyasining navbatdagi sayyor tadbiri Xalqaro shaxmat kuniga bag‘ishlandi
18.07.2019

2019 yil 18 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining «Moviy jomadon» sayyor aksiyasi Xalqaro shaxmat kuni doirasida yozgi maktab lageriga va maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi. O‘qish zallari xizmati mutaxassislari Yunusobod tumanidagi 86-sonli umumta’lim maktabning yozgi lagerida hordiq olayotgan bolalar va 35-sonli “Shodlik” maktabgacha ta’lim muassasasi tabiyalanuvchilari huzuriga elektron uskunalar va shaxmat o‘yinlari bilan to‘ldirilgan Moviy jomadon bilan keldilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rus yozuvchisi A.S.Pushkin tavalludining 220 yilligiga bag‘ishlab Humoyun Akbarov tomonidan tarjima qilingan “Tumor” kitobi taqdimoti
10.07.2019

2019 yil 10 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rus yozuvchisi A.S.Pushkin tavalludining 220 yilligiga bag‘ishlab Humoyun Akbarov tomonidan tarjima qilingan “Tumor” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda taniqli tarjimonlar, adabiyot targ‘ibotchilari, jurnalistlar va Pushkin she’riyati ixlosmandlari ishtirok etdilar. “Tumor” kitobi Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgan bo‘lib, A.S.Pushkin tavalludining 220 yilligiga tuhfa etildi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Milliy umumta’lim elektron-kutubxona markaziga Xizmat rahbari, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis, 1-toifali mutaxassis lavozimlariga mutaxassislar qabul qilish tanlovini e’lon qiladi.
09.07.2019

t/r Xizmatlar nomi E’lon qilinayotgan ish o‘rinlari soni
1 Skanerlash va raqamlashtirish xizmati 40
2 Raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash xizmati 15
3 Multimedia studiyasi 8
4 Texnik va texnologik qo‘llab-quvvatlash xizmati 4

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM