Очистить

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Nuroniy” jamg‘armasi Boshqaruvi bilan hamkorlikda “Kitob-mutolaa zavqi va yoshlar” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
05.04.2019

2019 yil 5 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini ko‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika Boshqaruvi bilan hamkorlikda kichik majlislar zalida “Kitob-mutolaa zavqi va yoshlar” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shoirlar, filologlar tarjimonlar, pedagoglar, san’atkorlar hamda OAV vakillari qatnashdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Sohibqiron saltanati” deb nomlangan adabiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
05.04.2019

2019 yil 5 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan “Sohibqiron saltanati” nomli adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan “Bolalar kitoblari haftaligi” doirasida viktorina o‘tkazildi
04.04.2019

2019 yil 4 aprel kuni Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan “Bolalar kitoblari haftaligi” turkum tadbirlar  doirasida “Nima, Qaerda?, Qachon?” nomli viktorina tashkil etildi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘qish zalida O‘qish zallari xizmatining yetakchi mutaxassisi  N.Rasulova, N.Akramova va M.Bobomuxamedovalar olib borgan viktorinada  Shayxontoxur tumani 59-maktab, Yashnabod tumani 244-maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Bolalar kitoblari haftaligi doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Moviy jomadoni bolalar huzurida bo‘ldi
03.04.2019

2019 yil 3 aprel kuni Xalqaro bolalar kitoblari kuniga bag‘ishlangan “Bolalar kitoblari haftaligi” turkum tadbirlar doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Moviy jomadoni Yunusobod tumanidagi 235,265-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda  va 221,35-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari huzuriga yo‘l oldi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan “Bolalar kitoblari haftaligi” ochilishi bo‘lib o‘tdi
02.04.2019

2019 yil 2 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro bolalar kitoblari kuniga bag‘ishlangan “Bolalar kitoblari haftaligi” ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning  2017 yilning 13 sentabrdagi  “Kitob mahsulotlarini nashr qilish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” gi  PQ-3271-son Qarorining ijrosini ta’minlash yo‘lida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida o‘tkazilayotgan haftalikda Toshkent shahri maktablari o‘quvchilari, yosh kitobxonlar va OAV xodimlari ishtirok etdilar.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM