|
1870
yil may: 1870
yili 21 mayda “Turkestanskie vedomosti” gazetasining 2-sonida
Toshkent xalq kutubxonasi ochilganligi haqida xabar tarqatildi.
O’shana kutubxona 1200 nomdagi 2200 jild adabiyot fondiga ega edi.
Kutubxona fondining shakllanishida turkistonlik sharqshunos olimlar,
ziyolilar, Rossiya va boshqa mamlakatlarning mustaqil muassasalari
va tashkilotlari faol ishtirok etdi. Adabiyot fondining
shakllanishida hadya qilingan kitoblar ham anchagina edi.
1871-1882
yillar:
Kutubxonada adabiyotlardan foydalanishning yangi qonun-qoidalari
joriy qilindi. 1876 yil kutubxona fondi 4401 jildga etdi. Ammo
xizmat ko’rsatish va mavjud adabiyot fondlaridan foydalanish
qonoqarsiz ahvolda edi.
1882
yil dekabr:
Turkiston general-gubernatori 1883 yil 1 yanvardan Toshkent xalq
kutubxonasini mustaqil muassasa sifatida tugatish va kutubxona
fondini Toshkent muzeyi qoshida TXK kitoblaridan tashkil topgan
kutubxona ish boshladi.
1883-1900
yillar:
Turkiston o’lkasining ziyolilari va taniqli olimlarining
sa’y-harakatlari tufayli Toshkent xalq kutubxonasi 1886 yili
qaytadan tashkil etildi.
1905
yil:
Kutubxona fondiga Sankt-Peterburgdagi imperator jamoatchilik
kutubxonasidan “Usmon Mushafi” keltirildi.
1907
yil:
Armiya starshinasi V.P.Kolosovskiy kutubxonaga “Kontr-admiral
I.A.Butakovning shaxsiy qo’lyozmalari” va Amudaryo hamda Orol
dengizining quyi etaglarida olib borilgan ilmiy izlanishlarga doir
hujjatlarni hadya etdi.
1912
yil:
Ilmiy mashg’ulotlar uchun qiroatxona tashkil etildi.
1910-1917
yillar:
Turkiston o’lkasining olim va ziyolilari N.F.Petrovskiy,
P.I.Xomutov, N.V.Dmitrovskiylar kutubxona fondiga shaxsiy
kutubxonasidagi adabiyotlarni taqdim etishdi.
Bundan
tashqari TXKning umumiy fondidagi barcha nodir va qimmatbaho
nashrlar, Markaziy Osiyoga taalluqli mavzudagi adabiyotlar bitta
bo’limga yig’ildi va alohida kitobxona ajratib berildi.
1918-1924
yillar:
Bu yillarda kutubxona mustaqil ish yurituvchi muassasaga aylandi.
Turkistonshunoslik, bolalar bo’limi, bibliografik
ma’lumotnomalar bo’limi, muqovalash ustaxonasi kabi yangi
bo’limlar tashkil etildi. San’at tarixi va ifodali o’qish
kurslari ish boshladi. Ko’chma kutubxonalar hamda turli
muassasalarda TXKning boshqa bo’limlariga asos solindi.
1919
yili fevralda kutubxona Turkiston xalq kutubxonasi deb qayta
nomlandi. Aynan shu yili Turkiston respublikasi xalq komissarlari
kengashi mamlakatdagi nashrlarga kutubxonani moddiy ta’minlashga
ko’rsatma berildi.
*
* *
1920
yili mayda “Toshkent xalq kutubxonasining 50 yilligini nishonlash
va unga davlat kutubxonasi maqomini berish to’g’risida”gi
qaror e’lon qilindi.
Kutubxona
ishini mukammallashtirish borasida katta ishlar qilindi: jumladan,
kutubxona ishi bo’yicha malaka oshirish kurslari, o’nli tizimda
tasniflash yuzasidan qo’llanma chop etildi, kutubxona xodimlari
konferensiyalari va kengashlari o’tkazildi, kutubxona
kutubxonashunoslik forumlarida faol qatnashdi. Kutubxona mamlakat
xududida chop etiladigan bosma mahsulotlardan bir nusxa majburiy
nusxa oladigan kutubxonalar sirasiga kiritildi.
1925-26
yillar, dekabr-avgust:
1924 yil 26 dekabridan Turkiston davlat kutubxonasi O’rta Osiyo
kutubxonasi deb o’zgartirildi.
O’rta
Osiyo davlat kutubxonasi O’zbek davlat kutubxonasi deb
o’zgartirildi.
1926-1936
yillar:
Bu yillarda kutubxona o’quvchilarga xizmat ko’rsatish va umumiy
ishlarni faollashtirdi hamda kutubxona ilmiy kengashi ish boshladi.
Kutubxona qayta tuzilishi munosabati bilan yana uchta bo’lim ish
boshladi, bular: ishlov berish va saqlash (sharqshunoslik va umumiy
seksiyalari bilan) hamda o’quv zali edi.
Kutubxona
o’z nomini ikki bora o’zgartirdi. 1929 yili u O’rta Osiyo
davlat kutubxonasi, 1934 yili O’zbekiston davlat xalq kutubxonasi
deb nomlandi. Kutubxona tarkibida katta o’zgarishlar amalga
oshirildi: jumladan, xizmat ko’rsatish bo’limi bilan
qo’shildi, keyinchalik u ommaviy bo’lim fondi bilan qo’shildi.
Sharqshunoslik
seksiyasi saqlash bo’limidan mustaqil o’lkashunoslik bo’limi
sifatida ajrab chiqdi. Bibliografiya bo’limi va xizmat
ko’rsatish bo’limining ma’lumotlar qismi ma’lumotnoma
bibliografiya bo’limiga qo’shildi.
1935
yil, 3 iyun:
Xalq komissarlar kengashi “O’zbekiston Davlat xalq kutubxonalari
qoshidagi Toshkant shahar ilmiy kutubxonalari Assosiasiyasi haqida
Nizom”ni tasdiqladi.
Shu
yil iyunda kutubxonada 150 jild kitobga ega bo’lgan uch yarusli
kitobxona ish boshladi.
1930
yillarda kutubxona ilmiy axborot va bibliografiyalar tavsifnomasi
borasida yangi qadam tashladi.
1935
yil: Sharq
qo’lyozmalari bo’limi ochilib, uning qoshida ilmiy
izlanuvchilarni amaliyotga tayyorlash instituti ish boshladi.
Navoiy, Jomiy va boshqa sharq mutafakkirlarining qo’lyozmalari
xarid etildi.
1941-1945
yillar:
Ikkinchi jahon
urushi
arafasida
kutubxona
Markaziy
Osiyodagi
eng
yirik
kitib
saqlanadigan
joyiga
aylanib
bo’lgan
va
dunyoning
75 tilidagi
1 246 561 nusxadagi
kitoblarga
egalik
qilardi.
Urushning
dastlabki
yillarida
DXK
o’z
fondidan
harbiy
gospitallarga
va
sanitary
poezdlariga,
12 front
kutubxonasiga,
shuningdek,
davlat
adabiyot
fondi
filiallariga
vayron
etilgan
kutubxonalarni
tiklash
uchun
8 ming
kitobni
ajratib
berdi.
Urush
yillarida kitobxonlar soni g’ayritabiiy tarzda oshganligi
kuzatildi. (To’rt yillik urush mobaynida 45 ming kitobxonga
urushdan avvalgi yillardagi 1 million o’rniga 1 million 500 ming
kitob berildi.)
Bu
yillarda kutubxona zallarida Toshketnga evakuasiy qilingan
olimlar, artistlar va yozuvchilarni uchratish mumkin edi. Ular
V.V.Struva, V.P.Filatov kabi akademiklar, Rossiya Fanlar
akademiyasining muxbir a’zolari V.M.Jirmunskiy, A.Yu. Yakubovskiy,
I.K.Piksanova, yozuvchi Aleksey Tolstoy va, shuningdek,
respublikamizning G’afur G’ulom, Oybek, Zulfiya, Yashin kabi
taniqli ziyolilari edi.
Bibliografik
ma’lumotlar bo’limi urushning birinchi kunlaridanoq kitobxonlar
uchun urush va unda o’zbekistonliklarning ishtiroki
to’g’risidagi axborotlarni yig’ishga kirishdi. 1945 yilning
boshlarida kartotekalar soni 20 000 ga etdi. Hammasi bo’lib doimiy
to’ldirib boriladigan 19 kartoteka tashkil qilinib, ularga 100
ming kartochka kiritilgan edi.
Urush
yillarida ham ilmiy izlanishlar to’xtamadi. Sharq qo’lyozmalari
va ularni o’rganish borasida katta ishlar amalga oshirildi.
A.A.Semyonova, I.Odilov, M.A.Sale, B.N.Zaxoder, V.I.Belyaev,
S.Mirzaev kabi olimlarning bu sohadagi yutuqlari beqiyos. Mazkur
olimlarning jonkuyarligi tufayli 1943 yilda kutubxona o’rta
asr mualliflarining Markaziy Osiyo tarixiga oid asosiy
asarlarining o’zbek va rus tillaridagi qimmatli tarjimalarga ega
bo’ldi.
1945
yil 25-27 iyun: Kutubxonaning
75 yillik yubileyi munosabati bilan ilmiy sessiya bo’lib o’tdi.
Unda E.K.Betger “Chorakkam bir asrlik ma’rifatparvarlik
faoliyati” deb nomlangan ilmiy ma’ruza bilan chiqish qildi.
1948
yil may:
Kutubxonaga buyuk shoir, insonparvar adib va davlat arbobi Alisher
Navoiy nomi berildi va o’sha yili kutubxona yangi binoga ko’chib
o’tdi.
1950-1970
yillar: Kutubxona yangi binoga
joylashgach ixtisoslashtirilgan bo’limlar tashkil etildi, etakchi
kategoriyadagi kitibxonlarga tabaqalashtirilgan holda xizmat
ko’rsatila boshlandi. Shu tariqa kutubxona barcha tizim va
idoralar faoliyatini muvofiqlashtiradigan markazga aylandi.
Bu
yillar uchun kitobga ehtiyojning juda kattaligi xosdir. Shu boisdan
asosiy e’tibor to’kislash masalasiga qaratildi. 1959 yil 1
sentyabrdan boshlab kutubxona bosma mahsulotlarning majburiy
butunittifoq bepul nusxasini olish o’rniga majburiy to’lovli
nusxasini ola boshladi. Kutubxonaning kitib fondi 1971 yil 1
yanvarga 3 mln. 178 333 nusxa edi.
Respublikalar
o’rtasida va xalqaro kitob ayirboshlash qayta tiklandi. AQSH,
Buyukbritaniya, Fransiya, Germaniya, Hindiston va
boshqa mamlakatlarning muassasa va tashkilotlari
kutubxonaning sheriklariga aylandi. 1966-1970 yillarda sheriklarga
50 000 dan ortiq kitob va jurnallar jo’natildi, ulardan esa
1946-1970 yillarda 90 000 dan ortiq nashr olindi.
Kitob
fondi o’sishi barobarida kutubxona oldida kitoblarni oqilona
joylashtirish uchun joyni kengaytirish zaruriyati paydo bo’ldi.
1963 yildan boshlab 600 ming tomga mo’ljallangan yangi kitobxona
ishlay boshladi. U kitobni avtomatik tarzda uzatish uskunasi va
pnevmopochta bilan jihozlangan edi.
1970
yil: Kutubxona
o’zining 100 yillik yubileyi arafasida respublikaning ko’zga
ko’ringan madaniy markaziga aylandi. Kutubxona o’sha yillari
bo’lib o’tgan Osiyo va Afrika adiblari Xalqaro simpozumi
ishtirokchilarining alohida diqqatini tortgan eng muhim maskan
bo’ldi va ular kutubxonaning noyob fondidan hayratga tushishdi.
Aynan
yubiley munosabati bilan kutubxonaning bir guruh xodimlari davlat
mukofotlari bilan taqdirlandi hamda Alisher Navoiy nomidagi Davlat
akademik katta teatrida tantanali kecha uyushtirildi.
1971-1980
yillar:
Bu yillar ilmiy-uslubiy va ilmiy qidiruv ishlarining o’sishi bilan
xarakterlanadi. Ku tubxona ishlarini yaxshilash va
zamonaviylashtirish borasida bir qancha konferensiya va seminarlar
bo’lib o’tdi. Kutubxonalararo abonement bo’limi ish boshladi.
Kutubxona
1972 yili ro’y bergan yong’in bilan bog’liq qiyinchiliklarni
bartaraf etdi. Kutubxonaning asosiy bo’limlari va o’quv zalini
Mustaqillik, 5 da joylashgan binoga o’tkazish bo’yicha katta ish
amalga oshirildi.
1975
yil:
O’smirlar zali ishga tushdi.
1977-1978
yillar:
Madaniyat va san’at bo’yicha axborot, texnik jixozlash,
distpecherlik-nazorat xizmati, fondlarni depozitar saqlash kabi
alohida ish boshladi.
1981-1990
yillar:
Kutubxona kitobxonlarga o’z vaqtida va sifatli xizmat ko’rsatish
ishini davom ettirdi.
Raisa
Axmatova, Fazu Alieva, Lev Oshanin, Odil Yoqubov, Raim Farxodi,
I.Sulton, A.Oripov kabi san’at va madaniyat, adabiyot va fan
arboblari ishtirokida qator ommaviy tadbirlar uyushtirildi.
1987
yil may: Kutubxonashunos,
tarixshi va kitobshunos E.K.Betgerning 100 yillik yubileyi
munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
1991-1999
yillar: Bu
yillar kutubxonaning qayta oyoqqa turish, o’z ishini to’g’ri
yo’lga qo’yib olish va mamlakatning noyob ma’naviy-ma’rifiy,
tarixiy-madaniy merosini tashviq qilish, mamlakatning noo’rin
unutilgan buyuk farzandlari nomining tiklanish yillari bo’ldi.
Kutubxonada
respublika Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatning
mutafakkir ajdodlari Amir Temur, Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur,
Yassaviy, Naqshbandiy, Al-Buxoriy, Al-Farg’oniy kabi
mutafakkirlarning hayoti va ijodiga bag’ishlangan respublika
miqyosidagi konferensiyalar bo’lib o’tdi.
1995
yil noyabr: Kutubxonaning
125 yillik yubileyi munosabati bilan ilmiy konferensiya bo’lib
o’tdi va bir guruh xodimlar Madaniyat vazirligining mukofotlariga
sazovor bo’lishdi.
Kutubxonaga
xorij tashkilotlari va fondlari e’tiborini jalb etish uchun katta
tashkiliy va ma’rifiy ishlsr olib borildi. Kutubxonada mamlakatda
akkredasiya qilingan chet el elchixonalari vakillari ishtirokida
taqdimotlar, uchrashuvlar, ko’rgazmalar, kechalar o’tkazildi.
1996-97-98-99
yillar kutubxonalarning nihoyatda faollashganligi bilan ahamiyatli.
1997-2000
yillar:
Kutubxonani yangi texnologiyalar bilan jihozlash ishlari qizg’in
tus oldi. Turli tashkilotlar va boshqa muassasalar yordamida
kutubxona zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlandi va kompyuter
bo’limi tashkil etilib, internetga ulandi.
Bu
kutubxonaga kompyuterlardagi CDS/ISIS va IRBIS programmalari
yordamida electron katalog tashkil etish va kutubxonlarga xizmat
ko’rsatish sifatini yaxshilash imkonini berdi.
Kutubxonaning
“Bibliograf” va “Turkistanka” deb atalgan electron
ma’lumotlar bazasi yaratila boshladi.
1998
yil avgust: O’zbekiston
Milliy kutubxonasi direktori A.O.Umarov madaniyat va san’atni
rivojlantirishga qo’shgan xizmatlari uchun O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq “Shuxrat” medali bilan
taqdirlandi.
2000
yil 5 dekabr: Madaniyat
va san’atn taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan bir guruh vatan
fidoyilari taqdirlandi. Ular orasida kutubxonaning nodir
qo’lyozmalar bo’limi boshlig’I R.A.Fayzullaev ham bor edi.
Unga “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat
xodimi” unvoni berildi.
2001
yil fevral: Kutubxonaning
X.Sulaymonova ko’chasi, 14-uyda joylashgan kitob fondini shu
ko’chadagi 33-uyga ko’chirib o’tish haqida qaror qabul
qilindi.
29
may:
Kutubxona fondini X. Sulaymonova ko’chasi 33-uyga ko’chirish
boshlandi.
Avgust:
Kutubxona fondini ko’chirish ishlari yakunlandi.
4
dekabr: Madaniyat
va san’atn taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan bir guruh vatan
fidoyilari taqdirlandi. Ular orasida Milliy kutubxonaning ilmiy
ishlar bo’yicha director o’rinbosari I.Z.Maminova ham bor edi.
Unga “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat
xodimi” unvoni berildi.
22
dekabr: Kutubxonada
Madaniyat vazirligiga qarashli bo’lgan viloyat universal
kutubxonalari direktorlarining respublika Kengashi bo’lib o’tdi.
2002
yil: “Xalq
so’zi” gazetasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida” farmoni e’lon qilindi.
Ushbu
farmonning 8-bandida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi,
Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi taklifiga binoan
Alisher Navoiy nomidagi davlat kutubxonasi va Respublika
ilmiy-texnika kutubxonasi negizida O’zbekiston Milliy
kutubxonasini tashkil etish va bevisita Vazirlar Mahkamasiga
bo’ysunuvchi ilmiy muassasaga aylantirish haqida gap borardi. Bu
qaror kutubxonaning milliy madaniyat markazi sifatidagi faoliyatini
kengaytirish, o’zbek xalqining milliy-ma’naviy xazinasining
avlodlarga bekamu-ko’st etkazib berilishida va kutubxona ishining
rivojlanish istiqboli borasida muhim qadam bo’ldi.
12
aprel: O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi
O’zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish
to’g’risida”gi № 23 qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2002 yil 20 fevraldagi UP-3029 sonli “Ilmiy tadqiqot faoliyatini
takomillashtirish haqida”gi Farmonidan kelib chiqib Milliy
kutubxona maqomi va tarkibini tasdiqlash haqida qaror qabul qildi,
uning asosiy vazifasi va funksiyasini belgilab berdi.
19-21
iyun:
O’zbekiston Milliy kutubxonasi Gyote instituti bilan hamkorlikda
“Kutubxona fondini saqlash menejmenti” mavzusida xalqaro seminar
tashkillashtirdi. Unda o’zbekistonlik va germaniyalik
mutaxassislar ishtirok etishdi.
4
iyul: O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Milliy kitob palatasi va Milliy
kutubxonani qo’shish haqidagi qarori e’lon qilindi.
12
iyul: Markaziy
Osiyolik kutubxonashunos olim, bibliograf, sharshunos va
kutubxonaning sobiq direktori Evgeniy Karlovich Betgerning 115
yillik yubileyi munosabati bilan olimning, uning safdoshlari va
shogirdlarining asarlariga bag’ishlangan kitob yarmarkasi bo’lib
o’tdi.
Iyun:
O’zbekiston
Respublikasida kutubxona ishini 2010 yilgacha rivojlantirish
konsepsiasi va dasturi loyihalari ustidagi ish yakunlandi.
15-18
oktyabr: O’zbekiston
Milliy kutubxonasi Buxoro shahrida bo’lib o’tgan “Fan,
ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida Internet va kutubxona
axborot resurslaridan foydalanish” mavzuidagi “Markaziy
Osiyo-2002” nomli xalqaro konferensiyaning asosiy
tashkilotchilaridan biri bo’ldi.
11
noyabr: O’zbekiston
Milliy kutubxonasi direktori A.Umarovning rasmiy tanishtiruv
marosimi bo’lib o’tdi.
Mustaqillik
maydonidagi keng ko’lamli rekonstruksiya ishlari tufayli
kutubxonaning bosh binosi sobiq Toshkent viloyat hokimiyati binosiga
(Xorazm ko’chasi, 51) ko’chirilishi haqida qaror qabul qilindi.
14
noyabr:
Milliy kutubxonada taniqli bibliograf, kutubxonashunos olim
E.K.Betger tavalludining 115 yilligiga bag’ishlangan
“Betgerxonlik” ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
2003
yil: Kutubxona
Toshkent viloyati hokimiyatining sobiq binosiga ko’chib o’tdi
(Xorazm ko’chasi, 51). Fondlarni va jihozlarni tayyorlash ishlari
boshlandi.
Yanvar-fevral:
Kutubxona
ma’muriyati Xorazm ko’chasi, 51-uyga ko’chib o’tdi. Bu erda
ko’p tarmoqli bo’limlar xizmat ko’rsata boshladi. Bular ikkita
o’quv zali, ma’lumot axborot xizmati bo’limi, nodir
qo’lyozmalar bo’limi, xorijiy adabiyotlar, musiqa-nota fondi,
xizmat ko’rsatish bo’limi, yoshlar markazi, ilmiy metodik
bo’lim va boshqalardir.
28
fevral: O’zbekiston
Milliy kutubxonasida “Vertual kutubxona Yalpi electron katalogni
shakllantirish uchun O’zbekiston kutubxonalari konsorsiumi”ni
yaratish loyihasi bo’yicha ish boshlandi.
10
aprel: Kutubxona
yzngi binoda kitobxonlarga xizmat ko’rsatishni boshladi.
24
iyun: Kutubxonada
yosh kadrlar uchun “Jonkuyar kutubxonachi” maktabining birinchi
mashg’ulotlari ish boshladi.
30
avgust: O’zbekiston
soliq akademiyasida Milliy kutubxona o’quv zalining filiali ish
boshladi. Unda yangi olingan adabiyotlar namoyish etildi.
1-9
avgust:
Kutubxona dbrektori Berlinda bo’lib o’tgan IFLA bosh
konferensiyasida ishtirok etdi.
Avgust:
“O’zbekiston Milliy kutubxonasida 2004-2100 yillarda kutubxona
fondini saqlash dasturi”, “O’zbekiston Milliy kutubxonasining
2100 yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihalari ustida ish
boshlandi. O’zbekiston Respublikasining “Kutubxona ishi”
to’g’risidagi qonun loyihasiga o’zgartirish va qo’shimchalar
taqdim etildi.
27
avgust: “Pravda
Vostoka” gazetasi kutubxonaning to’kislash bo’limi boshlig’I
M.A.You’ldoshevaga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga
muvofiq “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan
madaniyat xodimi” unvoni berilgani haqidagi xabarni chop etdi.
20-30
sentyabr: O’zbekiston
Respublikasi Milliy kutubxonasida “Mutolaa kuni” tadbiri
o’tkazildi.
29
sentyabr: Kutubxonaning
X.Sulaymonova ko’chasidagi binosida 60 kishiga mo’ljallangan
o’quv zali ochildi.
14
noyabr:
“Betger mutolaasi” doirasida “Kutubxonaning asosiy vazifasi”
deb nomlangan ilmiy amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
2004
yil 13-18 aprel:
O’zbekiston Milliy kutubxonasi Malayziya Milliy kutubxonasining
Bosh direktori Dato Zavi Bobo boshchiligidagi delegatsiyani qabul
qildi. Malayziya Milliy kutubxonasi delegatsiyasi Milliy kutubxonaga
tashrif buyurdi. O’zbekistonning
bosh kutubxonasi xodimlari mehmonlarga Samarqand shahrining
diqqatga sazovor joylarini ko’rsatdi, Delegatsiya yakunida
Malayziya va O’zbekiston mamlakatlarining Milliy kutubxonalari
o’rtasida kadrlar tayyorlash, islom yozma merosini asrash,
ma’lumotlar va tajriba almashish borasida ikki tomonlama
memorandum imzolandi.
22
may-1 noyabr:
O’z navbatida Milliy kutubxona direktori A.Umarov Malayziya Milliy
kutubxonasi direktori taklifiga ko’ra Malayziya texnik hamkorlik
dasturi doirasida bo’lib o’tgan xalqaro seminar ishtirokchisi
bo’ldi.
20-30
sentyabr: O’zbekiston
Milliy kutubxonasida “Mutolaa kuni” bayrami bo’lib o’tdi.
3
noyabr: O’zbekiston
Milliy kutubxonasi va Polsha Milliy kutubxonalari orasida xalqaro
kutubxonalar o’rtasidagi almashinuv, kitob ayirboshlash, tajriba
almashinish, mutaxassislar ayrboshlash va axborot almashish,
zamonaviy axborot taxnologiyalari borasida hamkorlik qilish haqida
memorandum imzolandi.
17-21
noyabr: “Fan,
ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida Internet va kutubxona
axborot resurslaridan foydalanish” mavzuidagi 3-Xalqaro
konferensiya o’tkazildi. Bu konferensiyani O’zbekiston
kutubxonalar assosiasiyasi va Milliy kutubxona tashkillashtirdi.
Unda 10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishdi.
2
dekabr: Kutubxonada
E.K.Betgerning xotirasiga bag’ishlangan har yillik
“Betgerxonlik” o’quvi doirasida “Kutubxona resurslaridan
faol va ijodiy foydalanish muammolari” mavzusida davra suhbati
o’tkazildi.
6
dekabr: Milliy kutubxona O’zbekiston Respublikasi Falsafa
va huquq instituti bilan hamkorlikda “Kutubxona-axborot
resurslaridan milliy mustaqillik g’oyalarini targ’ib qilishda
foydalanishi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazdi.
2005
yil 5 yanvar: Eron
Islom Respublikasining birinchi viseprezidenti Muhammad Rauf
Orifning Samarqand shahriga qilgan tashrifi davomida Eron Islim
Respublikasining Milliy kutubxonasi bilan O’zbekiston Milliy
kutubxonasi o’rtasida o’zaro hamkorlikni yo’ga qo’yish
borasida memorandum imzolandi. Memorandumni imzolash marosimida
O’zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Umarov hamda Eron Islom
Respublikasi elchixonasi vakillari qatnashdilar.
2005
yil 2 fevral: Tatariston
Respublikasi kutubxonalar jamiyati taklifiga ko’ra, O’zbekiston
Milliy kutubxonasi director o’rinbosari I.Z.Maminova va xorijiy
adabiyotlar bo’limi mudiri M.A.Raxmatullaev Qozon Davlat
universitetuda bo’lib o’tgan xalqaro ilmiy konferesiyada
ishtirok etishdi. M.A.Raxmatullaev olimlar bilan o’tkazilgan
uchrashuvda O’zbekistonning madaniy-ma’naviy hayoti tarixi
haqida ma’lumot beruvchi mul’timedia ensiklopediyasi bilan
konferensiya ishtirokchilarini tanishtirdi.
25
fevral-3 mart: O’zbekiston
Milliy kutubxonasi direktori A.Umarov Eron Islom Respublikasi
taklifiga ko’ra Tehronda bo’ladigan Eron Milliy kutubxonasining
tantanali ochilishi marosimiga jo’nab ketdi. Safar davomida Eron
Islom Respublikasi Milliy kutubxonasi rahbariyati hamda xorijiy
davlatlarning Milliy kutubxona direktorlari bilan uchrashuvlar
o’tkazildi.
17
mart:
O’zbekiston Milliy kutubxonasining yoshlar axborot resurs
markazida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bilan
uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuv O’zbekiston Respublikasi
xotin-qizlar qo’mitasi va 50-o’rta maktab rahbariyati tomonidan
tashkillashtirildi. Bu tadbir shoira tavalludining 90 yilligiga
bag’ishlandi.
29
mart: “Kutubxona-axborot
resurslari va pullik xizmatlar” mavzusida Toshkent
shahar va tuman kutubxonalarining seminari bo’lib o’tdi.
Tadbir Toshkent shahar hokimiyatining madaniyat ishlari bo’yicha
shahar departamenti hamda Milliy kutubxonaning ilmiy-metodik
bo’limi tomonidan tashkil etildi.
Seminarda
saksondan ortiq kutubxona vakillari ishtirok etib, kutubxonada
pullik xizmat ko’rsatish kutubxonalar rivojlanish imkoniyatlari
hamda ular bilan tajriba almashish borasida o’zaro fikrlashdilar.
7
aprel: Yozuvchi,
akademik Oybek tavalludining 100 yilligiga bag’ishlanib “Oybek
ijodining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati” deb nomlangan
ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Unda taniqli olimlar,
yozuvchi va publisistlar, turli mavzudagi ma’ruzalar bilan chiqish
qildilar. O’zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A/Umarov
boshqargan ushbu konferensiyada filologiya fanlari doktori
N.Karimov, akademik B.Nazarov, filolog R.Barakaev, filolog
Z.Isomiddinov va boshqalar ishtirok etishdi.
Konferensiya
davomida Oybek nomi bilan ataluvchi 115-maktab o’quvchilari
ishtirokida kitob-illyustrasiyali ko’rgazma ham bo’lib o’tdi.
20
aprel: “Intas
xalqaro assosiasiyasining kutubxonaga doir ilmiy electron resurslari
dasturiga ulanish” mavzusida Xalqaro seminar bo’lib o’tdi.
Unda Evropa Ittifoqining Intas Xalqaro Assosiasuyasi
mutaxassislaridan M.Shpitsberger va “Springer-klinent” nashriyot
uyi direktori F.Lettenstrem ishtirok etdi.
26
aprel:
“Sihat-salomatlik yili” munosabati bilan O’zbekiston Milliy
kutubxonasining yoshlar axborot markazida kitobxonlar va kutubxona
xodimlari ishtirokida Salomatlik ilmiy izlanish instituti vakillari
bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
3-4
may: Kutubxona
direktor o’rinbosari I.Z.Maminova va yoshlar markazi mudiri
L.B.Gorbunova Almatida Qozog’iston Milliy kutubxonasida
“Kutubxonalarda erkin fikrlashni rivojlantirish” mavzusida
bo’lib o’tgan Xalqaro o’quv seminarida ishtirok etishdi.
Xalqaro
seminar YUNESKOning Klaster byurosi tomonidan Almatida
Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston hamda O’zbekiston va
Qozog’iston Milliy kutubxonasi bo’yicha tashkil etildi.
Konferensiya ishida O’zbekiston Milliy kutubxonasi vakillari faol
qatnashishdi. Unda I.Z.Maminova va L.B.Gorbunovalar “Kutubxonalar
resurslariga erkin kirish imkoniyatini yaratish hamda uning
jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati”, “Yoshlar axborot
markazining faoliyati hamda uning demokratik jamiyatni
rivojlantirishdagi roli” mavzularida doklad qilishdi.
25
may: “Nemis
oliy o’quv yurtlari kutubxonalari faoliyatini baholash (BIKS –
kutubxona indeksi 2004 y.)” deb nomlangan seminar bo’lib
o’tdi.
Professor
Ditmar Gummer boshqargan bu seminar Toshkent-Gyote instituti,
O’zbekiston kutubxonalar assosiasiyasi va O’zbekiston Milliy
kutubxonasi tomonidan tashkillashtirilgan edi.
Tadbir
zamonaviy kutubxona boshqaruvi, faoliyatini baholash va uning
rivojlanishiga doir masalalar ko’tarilgani bilan ahamiyatli
bo’ldi.
21
iyun: Yoshlar
axborot resurs markazining o’quv zalida “Yoshlar ongida
mustaqillik tuyg’ularining mustahkamlanishida kutubxonaning
roli” mavzusida ilmiy-amaliy
konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiyada milliy
mustaqillik g’oyasini kitob, axborot yordamida singdirish ,
barkamol shaxsni tarbiyalashda ma’rifatning, axborotning o’rni,
o’qish madaniyatini shakllantirishda kutubxonalarning roli
masalalari muhokama qilindi. Konferensiyada taniqli adabiyot, fan
namoyondalari ishtirok etishdi. Unda “Milliy mustaqillikni
targ’ib qilishda kutubxonaning roli” deb nomlangan kitob-rasmli
ko’rgazma ham o’tkazildi.
23
iyun:Yoshlar
axborot resurs markazida “Istoki” adabiy-ijodiy uyushmasi
tomonidan tayyorlangan “K zemlyanam”, “60-letie Pobedi” deb
nomlangan she’riy to’plamlarining taqdimoti bo’lib o’tdi.
Taqdimot marosimini O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at
arbobi, A.Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri rejissyori
A.E.Slonim olib bordi.
4-12
iyun: Kutubxonaning
ilmiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari I.Z.Maminova
“Qrim-2005” 12-xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Mazkur an’anaviy konferesiya Qrim avtonom respublikasining Sudak
shahrida bo’lib o’tdi. 2005 yil mavzusi “Axborotlashgan
jamiyat davrida kutubxona, axborot va intellectual mulk”
muammosiga bag’ishlandi.
13
iyun: “Elektron
virtual kutubxonani avtomatlashtirish” mavzusida seminar bo’lib
o’tdi. Unda xorijiy adabiyotlar bo’limi mudiri M.A.Raxmatullaev
yig’ilganlarga virtual kutubxona haqida batafsil ma’lumot berdi.
Seminarda Toshkent shahri oily o’quv yurtlari va MK mutaxassislari
ishtirok etishdi.
15
iyul: Inson
huquqlari bo’yicha O’zbekiston Milliy markazining “Xalqaro
huquq”, “Xalqaro gumanitar huquq” va “Teng huquqlilik”
kabi nashrlarning taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Uni markaz
direktori A.K.Saidov boshqardi.
20
iyul: YoAR
o’quv zalida “Istoki” adabiy-ijodiy uyushmasi tomonidan Beslan
bolalariga ajratilgan kitoblarni jo’natish marosimi bo’ldi.
Tadbirni
O’zbekistondagi Rossiya xorij markazi, “Istoki” adabiy-ijodiy
uyushmasi, O’zbekiston Milliy kutubxonasi tashkil etdi. Unda
akademik D.S.Sagdullaev, san’at arbobi A.E.Slonim ishtirok
etishdi.
18
avgust: “Istoki”
adabiy-ijodiy uyushmasi va O’zbekiston MK si hamkorligida yosh
shoira Anna Zornovaning “Dostuchat’sya do nebes” deb nomlangan
kitobining taqdimot marosimi o’tkazildi.
24
avgust: Yoshlar axborot resurs markazi mudiri L.B.Gorbunovani
“Do’stlik” ordeni bilan taqdirlash va MKP bosh bibliografi
Sanobar Po’latovaga “O’zbekiston Respublikasida xizmat
ko’rsatgan madaniyat xodimi” unvonini berish to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqdi.
21-30
sentyabr: O’zbekiston
Milliy kutubxonasida bir
necha kun davomida “Mutolaa bayrami-2005” tadbiri bo’lib
o’tdi.
1-5
oktyabr:
Ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari I.Z.Maminova
“Kutubxona va jamiyatni demokratlashtirish” mavzusida
“Issiqko’l-2005” 6-xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.
11-13
oktyabr:
“Kutubxonachilik va axborot tarmoqlarida islohot” mavzusida
seminar bo’lib o’tdi. U “O’zbekiston Milliy kutubxonasining
kutubxona axborot resursini shakllantirishdagi roli” mavzusida
doklad qildi.
16-22
oktyabr:
Varshava MK direktori taklifi va Mklararo memorandumiga mufofiq
O’zbekiston Milliy kutubxonasining xo’jalik
ishlari bo’yicha direktori o’rinbosari H.Rasulov va
xorijiy adabiyotlar bo’limi mudiri M.A.Raxmatullaev Varshava
Mksida bo’lib. Xorijlik hamkasblari tajribalari bilan yaqindan
tanishdilar.
Oktyabr:
“Evroosiyo
tadqiqot instituti” taraqqiyot fondi tomonidan O’zbekiston
Milliy kutubxonasiga Rossiya nashriyotlarining kitoblari taqdim
etildi. Rossiyadan dastlabki keltirilgan kitoblar adadi 5 mingdan
ortiq bo’lib, ilmiy, badiiy va darsliklardan iborat edi.
16
noyabr:
YoAR o’quv zalida “Istoki” adabiy-ijodiy uyushmasi raisi,
shoir A.E.Slonimning “Perekryostki” she’riy to’plamining
taqdimot marosimi o’tkazildi.
28
noyabr-2 dekabr:
Xorijiy adabiyotlar bo’limi mudiri M.A.Raxmatullaev “EVA 2005
Moskva” 9 xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.
6-8
dekabr: O’zbekiston Milliy
kutubxonasi direktori A.Umarov “Bilim jamiyati: innovasion
rivojlanish uchun maorif, fan, madaniyat sohasidagi sherikchilik”
mavzusidagi Evroosiyo informasion va kutubxonachilik kongressida
ishtirok etdi. Safar davomida Rossiya MK va Qozog’iston
Respublikasi Milliy Akademik kutubxonalari hamda O’zbekiston MK
o’rtasida hamkorlik borasida kelishuv imzolandi.
19
dekabr: Oliy Majlisning ta’lim, fan,
sport va madaniyat qo’mitasining bevosita tashabbusi bilan
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida
“Kutubxonachilik ishi rivoji va ahvolining muhim
muammolari” mavzusida davra suhbati uyushtirildi. Davra suhbatida
MK rahbariyati va mamlakatdagi yirik kutubxonalar rahbarlari
ishtirok etishdi.
23
dekabr: Kutubxonada
“Betgerxonlik-2005”doirasida “O’zbekiston Respublikasida
kutubxonachi xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda
malakasini oshirish” mavzusidagi navbatdagi tadbir bo’lib
o’tdi.
29
dekabr: Kutubxonaning 135 yillik
yubileyi nishonlandi. Marosimda madaniyat va fan arboblari,
kitobxonlar, olimlar ishtirok etishdi. Shu kuni “O’zbekiston
MKsi – respublikaning madaniy maskani” deb nomlangan
kitib-rasmli ko’rgazmasini hamda “Kutubxona hayoti dalillar va
hayotiy mavzularda” deb nomlangan fotoko’rgazma
tashkillashtirildi.
|